Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 19-son (2026) · 25–31-betlar

KOMBINATORIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY-METODIK FAOLIYATINI VARIATIV LOYIHALASHTIRISH METODIKASI

Xusanova, Feruza

DOI: 10.70413/zdif-v5-i19-56575 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada kombinatorik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-metodik faoliyatini variativ loyihalashtirish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligi faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi bilan emas, balki turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, ta’lim jarayonining tarkibiy komponentlarini o‘zaro bog‘lash, mavjud metodik imkoniyatlardan muqobil variantlarni hosil qilish va ular asosida optimal pedagogik yechimlarni loyihalashtirish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Tadqiqotda kombinatorik yondashuv ta’lim maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari va baholash usullarining turli kombinatsiyalarini hosil qilish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-metodik faoliyatini variativ loyihalashtirish vositasi sifatida talqin etilgan. O‘zbekiston, MDH va xorijiy olimlarning kasbiy kompetentlik, faoliyat nazariyasi, rivojlantiruvchi ta’lim, pedagogik loyihalashtirish hamda refleksiv amaliyotga oid ilmiy qarashlari asosida mazkur metodikaning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan.

kombinatorik yondashuv, variativ loyihalashtirish, kasbiy-metodik faoliyat, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, metodik kompetentlik, pedagogik loyihalashtirish, pedagogik modellashtirish, refleksiya, muqobil metodik yechim, kasbiy tayyorgarlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.