Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 3-jild 10-son (2024) · 32–33-betlar

TIMUSINING IMMUNOGISTOKIMYOVIY O‘ZGARISHLARINI MUDDATDAN OLDIN O‘LIK TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDAGI KO‘RSATKICHLARI

Yuldashev, Z.N., Mahkamov, N.J.

DOI: 10.70413/zdaf-v03-i10-p1-010 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu davrda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar timusidagi morfofunksional faol markazlarining hujayraviy tarkibi bo‘yicha T-limfotsitlarni dinamikadagi holatini o‘rganish maqsadida CD3, CD4, Ki67 markerlari o‘rganildi. Ayrisimon bezda morfologik rivojlanishdan orqada qolishlar: timusning po‘stloq qavati kengligi jihatidan, mag‘iz qavatni  juda kichik sohani egallaganligi, yetilgan limfotsitlarni deyarli  bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zgarishlarning asosiy morfologik susbtrati sifatida, timus po‘stloq qavati retikuloepitelial hujayra-larining hajman kichikligi, desmasomalarining kalta va yo‘g‘on ko‘rinishda bo‘lishi, desmasomalar oralig‘ini o‘zaro tutashtiruvchi siyrak tolali tuzilmalarning aynan, po‘stloq qavat perivaskulyar sohalarda ko‘p bo‘lishi, gematogistiogen  to‘siqni xam  funksional majruh holatga kelishiga olib kelinganligini ko‘rsatdi.

timus, immunogistokimyo, involyusiya, immunodefitsit, nekroz, apoptoz.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.