Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 3-jild 11-son (2024) · 118–121-betlar
PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARIDA ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINI BOSHQARISHNING ILMIY-METODOLOGIK MASALALARI
Nasimov, Baxtiyor
DOI: 10.70413/zdaf-v03-i11-p1-028 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada paxta-to‘qimachilik klasterlarida ishlab chiqarish zahiralarini boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Klaster tizimida resurslardan samarali foydalanish, logistika zanjiri boshqaruvi hamda zaxiralarni optimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot doirasida paxta-to‘qimachilik klasterlarida zaxira boshqaruvining nazariy konsepsiyalari o‘rganilib, zamonaviy yondashuvlar asosida model ishlab chiqiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo va tayyor mahsulot zaxiralarini rejalashtirish va monitoring qilish mexanizmlari taklif etiladi. Natijalarga ko‘ra, samarali zaxira boshqaruvi klasterlarning raqobatbardoshligini oshirish, tannarxni pasaytirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash omili sifatida baholanadi.
paxta-to‘qimachilik klasterlari, ishlab chiqarish zahiralari, logistika, resurslarni boshqarish, optimallashtirish, raqobatbardoshlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.