Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 1-son (2025) · 4–8-betlar

TAʻLIM JARAYONIDA VIDEOKAN FERENSIYALAR

Oʻrinova, Farida, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.5281/zenodo.14645019 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Taʻlim jarayonida videokanferensiyalar, oʻquv jarayonining sifatini oshirish va oʻquvchilarning faol ishtirokini taʻminlashda muhim rol oʻynaydi. Ushbu tadqiqotda videokanferensiyalar yordamida taʻlim jarayonining samaradorligini oshirish, ularning metodologik asoslari va taʻsir koʻrsatishi tahlil qilinadi. Taʻlimda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, oʻquvchilarning diqqatini jalb qilish va oʻzaro aloqa oʻrnatish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.Taʻlim jarayonida videokanferensiyalar muhim oʻrin egallaydi, chunki ular masofadan oʻqitish va interaktiv taʻlim imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu platformalar oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasida tezkor muloqotni osonlashtiradi, darslarni yozib olish va keyinchalik ularga qaytish imkonini beradi. Videokanferensiyalar oʻqitish materiallarini taqdim etishda, muhokama va fikr almashish jarayonida samaradorlikni oshiradi. Ular turli yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni bir joyga jamlaydi va oʻquvchilarni global bilimlar bilan tanishtiradi. Natijada, taʻlim sifatini yaxshilaydi va oʻqitish jarayonini interaktiv qiladi.

Videokanferensiyalar, taʻlim jarayoni, innovatsion texnologiyalar, metodologiya, oʻquvchilar ishtiroki, taʻsir koʻrsatish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.