Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 23–28-betlar
JINSIY ERKINLIKKA QARSHI JINOYATLARNI TERGOV QILISH METODIKASI VA USHBU TURDAGI JINOYАTLARNING O’ZIGA XOSLIGI
Agoyev, Shukrullo, Sattarov, Azizbek
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i10-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlar, ya'ni zo‘rlash, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa shunga o‘xshash jinoyatlar nafaqat jinoiy huquqni buzish, balki insonning psixologik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdid soladi. Ushbu jinoyatlar ko‘pincha juda murakkab holatlar bo‘lib, tergovchilarga ko‘p hollarda maxsus metodlar, psixologik yondoshuvlar va yuridik strategiyalarni talab qiladi. Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda yuqori darajadagi ehtiyotkorlik, guvohlik olishning maxsus metodlari va guvohlarni psixologik nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlash zarurati bor. Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar odatda psixologik travmalarni boshdan kechiradilar, bu esa tergovchilardan qo‘shimcha ehtiyotkorlikni talab qiladi. Guvohlarning ko‘rsatmalarini olishda metodologik yondoshuvlar muhim o‘rin tutadi, chunki jinsiy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar ko‘pincha o‘z huquqlarini himoya qilishda qiynalishadi. Shuning uchun, tergovchilar guvohlarni so‘roq qilishda ular uchun noqulay holatlar yaratmaslik, to‘g‘ri psixologik muhit yaratish, o‘zaro ishonchni ta'minlash va jinoiy faoliyatga aloqador har bir tafsilotni aniqlashda ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak. Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash zaruriydir. Bu texnologiyalar video va audio yozuvlarni o‘z ichiga oladi, chunki ular guvohlarning so‘zlarini aniq va ishonchli tarzda qayd etishda yordam beradi. Bunday texnologiyalar, guvohlarning so‘zlarini manipulyatsiya qilishning oldini oladi va tergovchilarga har bir holatni rasmiylashtirishda shaffoflikni ta'minlaydi.
Zo‘rlash, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik, tergov metodikasi, guvohlik olish, psixologik yondoshuvlar, zamonaviy texnologiyalar, video va audio yozuvlar, guvohlarni so‘roq qilish, jinoiy faoliyat, huquqni himoya qilish, tergovchi malakasi, jinoiy tergov, zo‘ravonlikni oldini olish, psixologik travma, guvohlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy yordam, psixologik maslahat, jinsiy zo‘ravonlik, guvohlar bilan muloqot, jinsiy erkinlik huquqlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.