Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 42–44-betlar
MAQOLLARDA NUTQIY AKTNING VOQELANISHI
Yaxyoyeva, Umida
DOI: 10.5281/zenodo.15725661 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarida nutqiy aktlarning voqelanishi, ya’ni ularning illokutsional va perlokutsional xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqollar faqatgina til birliklari emas, balki ijtimoiy munosabat va axloqiy qadriyatlarni ifoda etuvchi pragmatik vositalar sifatida ko‘riladi. J. Ostin va J. Searlning nutqiy akt nazariyalari asosida maqollarning assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ turlariga mansubligi aniqlanadi. Shuningdek, maqollar orqali bajariladigan kommunikativ vazifalar – nasihat qilish, ogohlantirish, undash, baholash kabi illokutsional maqsadlar va ular orqali tinglovchiga ta’sir o‘tkazish (perlokutsional samaradorlik) yoritiladi. Maqola tilshunoslikda pragmalingvistik tahlilning amaliy namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
maqol, nutqiy akt, pragmatika, illokutsiya, perlokutsiya, kommunikativ vazifa, til va madaniyat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.