Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 87–89-betlar
TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Jo‘rayev, O‘ktam
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i10-p1-020 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tijorat banklarining investitsiya strategiyasi moliyaviy resurslarini optimal joylashtirish orqali maksimal daromad olishga qaratilgan kompleks faoliyat yo‘nalishidir. Bu strategiya bank resurslarining tuzilmasi, likvidligi, riskka tolerantlik va umumiy iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda shakllantiriladi. Tijorat banklari investitsiya strategiyasi orqali nafaqat mavjud kapitalini samarali boshqaradi, balki iqtisodiyotdagi investitsion muhitga ham faol ta’sir o‘tkazadi. Strategik yondashuv bankka resurslar taqchilligi sharoitida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu boisdan, investitsiya strategiyasi bank risklarini boshqarish, barqaror foyda olish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.