Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 113–115-betlar
KOMPLAENS NAZORATI TIZIMINING KORPORATIV BIZNESDAGI ROLINI OSHIRISH MASALALARI
Sidikova, Xilola
DOI: 10.5281/zenodo.15797983 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Komplaens nazorati tizimi tashkilotning huquqiy, iqtisodiy va etik jihatdan barqarorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. U organizatsiyani tartibga soluvchi talablar asosida samarali faoliyat yuritishini ta'minlab, kelajakdagi muammolarni kamaytiradi. Komplaens tizimining vazifalari: qonunlarga rioya qilishni ta'minlash: Tashkilotning barcha faoliyatlari davlat va xalqaro qonunlar, me'yoriy hujjatlar va tarmoq talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlash. Risklarni boshqarish: Potensial huquqiy va moliyaviy risklarni aniqlash va oldini olish. Reputatsiyani saqlash: Tashkilotning jamiyatdagi imijini himoya qilish, shaffoflikni ta'minlash. Ichki nazoratni kuchaytirish: Tashkilot ichidagi potentsial xatoliklar va noqonuniy amaliyotlarni aniqlash va ularga qarshi chora ko'rish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.