Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 131–133-betlar

KORPORATIV TUZILMALARNING XALQARO MOLIYA BOZORIDA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Baxriyev, Jamoliddin

DOI: 10.5281/zenodo.15798118 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida kechayotgan chuqur integratsion jarayonlar va kapital harakatining erkinlashuvi korporativ tuzilmalar oldida yangi imkoniyatlar bilan birga murakkab muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekiston uchun korporatsiyalarni xalqaro moliyaviy muhitga moslashtirish va ularning global kapital bozorlaridagi ishtirokini kuchaytirish dolzarb vazifaga aylangan. Xalqaro moliya bozori bugungi kunda uzoq muddatli, arzon, nisbatan barqaror moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beradi. Bu esa nafaqat iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, balki korporativ tuzilmalar raqobatbardoshligini oshirish va investitsion jozibadorligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.