Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 134–136-betlar
TIJORAT BANKALARIDA NAQD PULSIZ XISOB KITOBLAR XISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Haqberdiyev, Asqat
DOI: 10.5281/zenodo.15798140 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi va auditini takomillashtirish zamonaviy moliyaviy tizimning barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayoni jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, bu esa bank faoliyatidagi naqd pulsiz operatsiyalar ulushini keskin oshirishga olib keldi. Shu nuqtai nazardan, banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni to‘g‘ri va aniq aks ettirish, hisob siyosatini doimiy ravishda takomillashtirish hamda audit jarayonlarini sifat jihatdan yaxshilash dolzarb vazifa hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi banklarning mijozlarga ko‘rsatadigan xizmatlarini tezkor, xavfsiz va shaffof qilish imkonini beradi, bu esa bank tizimining umumiy ishonchliligini oshiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.