Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 10-son (2025) · 137–139-betlar

PULLI AVTOMOBIL YO’LLARI LOYIHALARINI O’ZBEKISTONDA JORIY ETISH MASALALARI

Xamdamov, Rustam

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i10-p1-036 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini zamonaviylashtirish va rivojlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarining mustahkamlanishi va aholi farovonligining oshishi yo‘l infratuzilmasining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yo‘l qurilishi sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, pulli avtomobil yo‘llarini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar ishlab chiqilgan va ayrimlarining amalga oshirilishi boshlab yuborilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.