Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 15–17-betlar

AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARINING O’RNI

Turayeva, Nasiba

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-004 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Ayollarni iqtisodiy faollikka keng jalb etish, ularning biznes sohasidagi ishtirokini kengaytirish orqali nafaqat bandlik muammosi hal etiladi, balki oilaviy farovonlik, jamiyatdagi tenglik va inklyuziv iqtisodiy o‘sish ham ta’minlanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash, ayollar uchun qulay biznes muhitini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda tijorat banklarining roli beqiyos bo‘lib, ular kreditlash, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ayollar tadbirkorligiga ko‘maklashuvchi maxsus dasturlar orqali faol ishtirok etmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.