Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 18–22-betlar
INVESTITSION RISKLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISHDA NAZORAT TIZIMINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Hamidov, Behzod
DOI: 10.5281/zenodo.15854346 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada investitsion risklarning mohiyati, ularning turlari hamda bu xavflarni aniqlash va kamaytirishda zamonaviy nazorat tizimlarining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif sun’iy intellekt, raqamli monitoring, risk-reyting tizimlari va ERP/CRM kabi texnologiyalar asosida ishlovchi nazorat mexanizmlarining samaradorligini ochib beradi. Xalqaro tajriba, jumladan, OECD mamlakatlari, Xitoy va O‘zbekiston amaliyoti misolida ilg‘or yondashuvlar o‘rganiladi. Maqolada investitsion xavflarni real vaqt rejimida aniqlash, baholash va oldini olishda kompleks yondashuvlar zarurligi asoslab berilgan. Xulosa sifatida, innovatsion nazorat texnologiyalarini keng joriy etish investitsiya muhitining barqarorligini va sarmoyadorlar ishonchini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
investitsion risklar, nazorat tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt, risk-reyting, ERP tizimi, investitsion xavf, xalqaro tajriba, sarmoyaviy muhit, investitsiya loyihasi boshqaruvi, real vaqt nazorati, ESG mezonlari, investitsion xavfsizlik, blokcheyn texnologiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.