Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 30–33-betlar
TIJORAT BANKLARIDA AUDITORLIK DALILLARINING ISHONCHLILIGI VA ULARNI BAHOLASH MEZONLARI
Olimjonov, Jasurbek
DOI: 10.5281/zenodo.15867426 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklari auditida auditorlik dalillarining ishonchliligi va ularni baholash mezonlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Auditorlik dalillarining turlari, ularning shakllanish manbalari, audit jarayonidagi ahamiyati hamda ularni etarli va mos dalillar sifatida baholashda xalqaro audit standartlari, xususan ISA 500 talablari asosida tahlillar keltirilgan. Shuningdek, bank sektorining texnologik xususiyatlari va axborot tizimlari muhitida dalillarni olish va hujjatlashtirishda yuzaga keladigan muammolar, ularning yechimlari bilan birga ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, auditorlik dalillarining sifati va asoslanganligi audit xulosasining haqqoniyligi va qonuniyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli dalillarni baholash mezonlarini takomillashtirish, bank auditida ishonchli va huquqiy kuchga ega xulosalarga erishishda muhim ahamiyatga ega.
audit, auditorlik dalillari, ishonchlilik, baholash mezonlari, tijorat banklari, xalqaro audit standartlari, moliyaviy hisobot, raqamli audit, axborot tizimi, ISA 500.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.