Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 46–48-betlar
BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA KORPORATIV MOLIYANING ROLI
Kurbanova, Nigora
DOI: 10.5281/zenodo.16402918 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy dunyoda iqtisodiy taraqqiyot va ekologik, ijtimoiy barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash insoniyat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 2030 yilgacha global miqyosda ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy muammolarga yechim topishga qaratilgan keng qamrovli strategik yo‘nalishdir. Ushbu maqsadlar ichida qashshoqlikka barham berish, sifatli ta'lim, toza suv va sanitariya, energiya manbalaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rish kabi ustuvor yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ularga erishishda barcha ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, xususan, korporativ sektor faol ishtirok etishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, barqaror rivojlanishga erishishda korporativ moliyaning o‘rni va roli tobora ortib bormoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.