Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 49–53-betlar
TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ruziyeva, Gulasal, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasi keng tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida slayd taqdimotlarining ahamiyati, ularning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish jarayoniga ta’siri va samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada “1 daqiqa – 1 slayd” metodining takomillashtirilgan shakli, gamifikatsiya yondashuvlari va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizual va texnologik yondashuvlarni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishga, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda zamonaviy ta’lim usullariga qiziquvchilar uchun foydalidir.
taqdimot slaydlari, interfaol metodlar, “1 daqiqa – 1 slayd”, ta’lim texnologiyalari, gamifikatsiya, innovatsion ta’lim, kreativ fikrlash, pedagogik yondashuv, vizual taqdimot, informatika ta’limi, tanqidiy tafakkur, AR/VR texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.