Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 65–70-betlar

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O‘RNI

Abdurazzoqov, Fayzulla, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-017 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi davrda mediasavodxonlik nafaqat axborotni iste’mol qilish, balki uni tahlil qilish, to‘g‘ri baholash va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda mediasavodxonlik orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, soxta axborot va manipulyatsiyani aniqlash, hamda raqamli xavfsizlikni ta’minlash kabi jihatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada mediasavodxonlikni informatikaga integratsiya qilishning samarali usullari, jumladan, memlar orqali bilim olish hamda interfaol mashg‘ulotlar tashkil etish taklif etiladi.

Mediasavodxonlik, informatika ta’limi, raqamli xavfsizlik, tanqidiy tafakkur, soxta axborot, axborot texnologiyalari, internet madaniyati, fakt-chek, vizual ta’lim, memlar, axborot manipulyatsiyasi, o‘quv jarayoni.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.