Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 76–80-betlar
KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Poyonov, Xusniddin, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-019 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Kompyuter bilan tanishuv” bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter savodxonligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, bunda interfaol va texnologik yondashuvlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Maqolada ushbu mavzuni o‘qitishda gamifikatsiya, video darslar, virtual laboratoriyalar va Learning Management System (LMS) tizimlaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning) metodikasining ahamiyati yoritiladi. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish, vizual materiallardan foydalanish va interfaol dars usullarini joriy etish taklif qilinadi. Maqola natijasida raqamli ta’limda kompyuter bilan tanishuv bo‘limini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Raqamli ta’lim, kompyuter savodxonligi, interfaol ta’lim, gamifikatsiya, virtual laboratoriya, video darslar, LMS tizimi, loyiha asosida o‘qitish, vizual materiallar, ta’lim texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.