Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 95–99-betlar

DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN TANISHISH

Mamanova, Muboshira, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-022 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali ssenariylari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda amaliy bilimlarni chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, interfaol metodlar, gamifikatsiya, masofaviy ta’lim hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari keng yoritiladi. O‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni rejalashtirish va samarali ssenariylar asosida tashkil etish usullari shular jumlasidan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuvlar asosida olib borish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, ssenariy, interfaol metodlar, gamifikatsiya, masofaviy ta’lim, AKT, kreativ yondashuv, innovatsion pedagogika, motivatsiya, ta’lim sifati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.