Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 119–121-betlar

TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR PORTFELINI BOSHQARISH TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH VA BARQARORLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Turdaliyev, Jaxongir

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tijorat banklarining asosiy faoliyati – mijozlarga kredit ajratish orqali daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu faoliyat banklarning umumiy aktivlaridagi eng muhim portfelni tashkil etadi. Shu bilan birga, kreditlar tarkibida qaytarilishi kechikayotgan yoki to‘liq qaytmasligi ehtimoli yuqori bo‘lgan muammoli kreditlarning ulushi oshib borishi moliyaviy xavflarni kuchaytiradi. Bu esa bankning barqarorligi, ishonchliligi va raqobatbardoshligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklari uchun muammoli kreditlar portfelini samarali boshqarish, uning sifati va rentabelligini ta’minlash, risklarni minimallashtirish orqali barqarorlikka erishish muhim vazifadir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.