Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 128–133-betlar

YOSH AVLODDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING ROLI

Mamajonova, Fotimaxon

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-030 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Global ekologik muammolar fonida yosh avlodda ekologik ong, qadriyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif ekologik madaniyatni kognitiv, emotsional-aksiyologik va amaliy-komportamental komponentlar orqali izohlaydi hamda bu komponentlarning ta’lim jarayonida uyg‘un rivojlanishi zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik tarbiya vositasi sifatida eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, o‘quv dasturlarining ekologik mazmun bilan boyitilishi, fanlararo integratsiya, zamonaviy metodik yondashuvlar va ta’lim-muhit birligi orqali ekologik madaniyatni barqaror rivojlantirishning muhimligi ilmiy asoslangan. Maqolada davlat siyosati, jamoatchilik instituti va OAVning hamkorlikdagi roli alohida e’tirof etilgan.

Ekologik madaniyat, ekologik ong, ekologik qadriyat, ekologik mas’uliyat, ekologik ta’lim, eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi o‘qitish, raqamli vositalar, barqaror rivojlanish, fanlararo integratsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.