Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 94–96-betlar

HUDUDLARDA INVESTITSION IMKONIYATLARNI OSHIRISH YO’LLARI

Muxamatov, Shukurllo

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i11-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hududiy rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat. Bugungi globallashuv va iqtisodiy raqobat muhitida hududlarning investitsion salohiyatini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sishning, balki ijtimoiy farovonlikni ta’minlashning ham muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Har bir hudud – rivojlanish nuqtasi” tamoyili asosida olib borilayotgan faoliyat natijasida respublikaning barcha hududlarida investitsiya muhiti yaxshilanmoqda, infratuzilma rivojlanmoqda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.