Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 4–6-betlar

LOYIHA JAMOALARIDA SAMARALI MULOQOT STRATEGIYALARI QO’LLANILISHI

Xolbayeva, Zamira

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Zamonaviy jamiyatda axborot almashinuvi va o‘zaro tushunish har qanday guruh faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlaydigan asosiy omillardan biridir. Ayniqsa, loyiha jamoalarida samarali muloqot strategiyalarining mavjudligi loyiha maqsadlariga erishishda, resurslardan oqilona foydalanishda va konfliktlarning oldini olishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Loyiha asosida ishlovchi jamoalarda a'zolar orasidagi o‘zaro muloqotning sifati nafaqat individual ish samaradorligiga, balki butun guruh faoliyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, bugungi kunda samarali muloqot strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash masalasi dolzarb ilmiy-amaliy muammolardan biri sanaladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.