Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 15–20-betlar

LOGONEVROZGA CHALINGAN BOLALARDA NUTQ TERAPIYASINING SAMARALI METODLARI

Mirzaxmedova, Dilrabo

DOI: 10.5281/zenodo.16791760 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Nevrotik xarakterdagi duduqlanish, ya’ni logonevroz, bolalarda uchraydigan eng murakkab nutq buzilishlaridan biridir. Chunki u fiziologik va psixologik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada logonevrozga chalingan bolalarda nutq terapiyasining samarali metodlari tahlil qilinadi hamda logopedik korreksiya usullari, psixoterapevtik qo‘llab-quvvatlash va oilaning faol ishtirokini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv yoritiladi. Logonevrozning kelib chiqish sabablari — genetik moyillik, perinatal miya shikastlanishlari va psixosotsial stress omillari — o‘rganilib, erta aniqlash va aralashuv bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Nafas mashqlari, ritmik nutqni o‘rgatish hamda kognitiv-xulqiy terapiya kabi asosiy metodlar nutq ravonligini yaxshilash va nevrotik simptomlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Maqola xulosasida logoped, psixolog, nevrolog va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati terapiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishi va bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam berishi isbotlanadi.

logonevroz, duduqlanish, nutq terapiyasi, logopedik mashg‘ulotlar, psixoterapiya, nafas mashqlari, ritmik nutq, erta tashxis, nutq ravonligi, bolalar nutq buzilishlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.