Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 30–32-betlar
HISOBLASHDAN HAYOTGA: MATEMATIKANING FANLARARO INTEGRATSIYADAGI O‘RNI
Qalandarova, Nazokat
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-008 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada matematika fanining fanlararo integratsiyalashgan ta’limdagi o‘rni ochib beriladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini shakllantirishda, real hayotiy vaziyatlarni modellashtirishda va boshqa fanlar bilan uyg‘un ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda matematik yondashuvning ahamiyati asoslanadi. Biologiya, fizika, geografiya va iqtisod fanlari bilan integratsiya orqali o‘quvchilarda chuqur va amaliy bilimlar shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fanlararo integratsiya samaradorligini oshirishga doir metodik tavsiyalar beriladi.
fanlararo integratsiya, matematika, modellashtirish, tanqidiy fikrlash, loyiha asosida o‘qitish, kompetensiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.