Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 56–59-betlar

GIS YORDAMIDA VIZUAL VA INTERAKTIV MA’LUMOTLAR

Jabborxonov, Tursunxo‘ja

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-015 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

GIS vositalari nafaqat statik xaritalar yaratish, balki real vaqtda monitoring qilish imkonini ham beradi. Masalan, ArcGIS Field Maps kabi maxsus ilovalar yordamida inspektorlar dalada har bir ferma yoki maydonda tuzoqqa tushgan zararkunandalar sonini, zarar ko‘lami darajasini joyida kiritib borishi mumkin. Kiritilgan ma’lumotlar markaziy serverga (yoki bulutga) uzatiladi va dashboard (nazorat paneli) ko‘rinishida uzluksiz yangilanib turadi. Shu tariqa qaysi hududda zararkunanda paydo bo‘lgani, qayerda tarqalish xavfi yuqori ekani bir qarashda ko‘rinib turadi. ArcGIS Dashboard misolida, mas’ul mutaxassislar tuzoqlar soni, ulardagi tutilish holatlari, inspeksiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joylar va hokazolarni bir ekranda kuzatishlari mumkin. GIS vositalari yordamida olingan bunday ma’lumotlar bazasi bilan ishlash zararkunandalarga qarshi kurash choralarini hududiy rejalashtirishni ancha osonlashtiradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.