Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 60–61-betlar
TARMOQLANUVCHI TASODIFIY JARAYONLARNI TADQIQ ETISHDA HOSIL QILISH FUNKSIYALARINING O‘RNI
Negmatova, Kamola
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ehtimolliklar nazariyasining ko‘plab tatbiqlari ichida, zarralarning biror tasodifiy qonuniyatga ko‘ra ko‘payishi, yoki boshqa zarralarga aylinishini ifodalovchi jarayonlar muhim o‘rin tutadi. Agar ushbu jarayonlarda har bir zarraning o‘zgarishi boshqa zarralarga bog‘liq bo‘lmasa, bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi jarayonlar yordamida o‘rganiladi. Tarmoqlanuvchi jarayonlarga olib keladiga masalalar dastlab, XIX asrning so‘nggi choragida angliyalik olimlar Galton va Vatsonlar tomonidan o‘rganilgan. Ma’lumki, tarixda yuqori mavqega ega bo‘lgan shaxslarning familiyalarining yo‘qolib ketishi, bir necha bor qayd etilgan haqiqatdir. Frensis Galton keng tarqalgan familiyalarni keyinchalik noyob bo‘lib qolishi yoki hatto butunlay yo‘qolib ketishiga e’tibor qaratdi va familiyaning yo‘qolishi ehtimolligi degan tushunchani olib uni o‘rganishga kirishdi. Keyinchalik ushbu masala qaysidir ma’noda Vatson tomonidan o‘z yechimini topdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.