Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 82–84-betlar
BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI (AT “XALQ BANKI” MISOLIDA)
Ostonov, Abdullo
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bank tizimi har qanday mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim asosi bo‘lib, uning samarali faoliyati milliy iqtisodiyot barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, tijorat banklarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kreditlash jarayoni iqtisodiy subyektlar, tadbirkorlik subyektlari va aholining moliyaviy ehtiyojlarini ta’minlab, iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Biroq, ushbu jarayonda yuzaga keladigan muammoli kreditlar bank faoliyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatib, moliyaviy barqarorlikka putur yetkazadi. Shu bois, muammoli kreditlarni kamaytirish masalasi bugungi kunda nafaqat alohida banklar, balki butun bank tizimi uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.