Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 85–87-betlar
MILLIY “YASHIL” IQTISODIYOT TAKSONOMIYASINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Mubarov, Xondamir
DOI: 10.5281/zenodo.16957431 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi va global ekologik xavflarning kuchayishi butun dunyo mamlakatlarini yashil iqtisodiyotga o‘tish zaruratiga olib keldi. Yashil iqtisodiyot – bu atrof-muhitga minimal zarar yetkazgan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan kompleks yondashuv bo‘lib, uning asosi sifatida “yashil” investitsiyalar, energiya samaradorligi, ekologik toza texnologiyalar va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan qarorlar turadi. Bu jarayonda muhim vositalardan biri sifatida “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi qaralmoqda. Taksonomiya – bu ekologik jihatdan maqbul va barqaror iqtisodiy faoliyatlarni aniqlash, ularni moliyalashtirishda mezon va standartlar belgilashga xizmat qiluvchi tizimdir. O‘zbekiston uchun ham bu yo‘nalish alohida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish istiqbollari ustuvor vazifalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.