Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 88–90-betlar
KAPITAL BOZORIDA RAQOBQTNI RIVOJLANTIRISH ORQALI LOYIHALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI (TOSHKENT RFB MISOLIDA)
To’lanboyev, Xusniddin
DOI: 10.5281/zenodo.16957479 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital bozori milliy iqtisodiyotning eng muhim infratuzilma tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Kapital bozorining asosiy funksiyasi — investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy resurslarning samarali taqsimoti va korxonalar tomonidan loyihalarning moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishini kafolatlashdan iborat. O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — kapital bozorini erkinlashtirish, investorlar uchun qulay muhit yaratish hamda raqobatni kuchaytirish orqali real sektordagi loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bu jarayonda Toshkent Respublikaviy fond birjasi (RFB) markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatdagi yagona faol fond birjasi sifatida RFB kapital bozoridagi ishtirokchilarning o‘zaro raqobatlashuvi uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.