Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 112–114-betlar

KORPORATIV BOSHQARUV MODELLARI AFZALLIKLARIDAN O’ZBEKISTONDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI (“O’ZMILLIYBANK’’AJ MISOLIDA)

Muxtorov, Saidakmal

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-033 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Korporativ boshqaruv zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning barqaror rivojlanishi, moliyaviy barqarorligi, shaffofligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Dunyo tajribasida korporativ boshqaruvning turli modellari shakllangan bo‘lib, ular turli mamlakatlar iqtisodiy tizimi, huquqiy muhit va madaniy an’analari asosida rivojlanib kelgan. O‘zbekiston sharoitida ushbu modellarning afzalliklarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish bank sektorining, xususan, “O‘zmilliybank” AJning faoliyatini yanada samarali va xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.