Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 119–121-betlar
TA’LIM LOYIHALARIDA SIFAT NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI (XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI MISOLIDA)
G’afurov, Umid
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘zbekiston ta’lim tizimida xususiy sektorning jadal rivojlanishi so‘nggi yillarda sezilarli darajada ortdi. 2017-yilda mamlakatda atigi 1 ta xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga kelib ularning soni 98 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich yetti yil ichida ta’limdagi xususiy sektor ulushining 98 barobarga oshganini bildiradi. Bunday keskin kengayish, albatta, oliy ta’lim xizmatlarining ommalashuvi va fuqarolarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojining kuchayganini ko‘rsatadi. Biroq bu jarayon ta’lim loyihalarida sifatni kafolatlash mexanizmlarining mavjudligi va ularning samaradorligini ham dolzarb masalaga aylantiradi. Amalda ko‘pchilik xususiy OTMlar o‘z o‘quv faoliyatini boshlaganiga bir necha yil bo‘lgan bo‘lsa-da, ta’lim loyihalarining sifat nazorati bo‘yicha tizimli yondashuvga ega emas.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.