Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 122–124-betlar

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION LOYIHALARNI JORIY ETISH MASALALARI

Boxodirova, Soxibaxon

DOI: 10.5281/zenodo.16957839 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Sanoat korxonalarining zamonaviy rivojlanishi innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Innovatsion loyihalar korxonalarni faqat texnik yoki texnologik jihatdan yangilash emas, balki butun boshqaruv, ishlab chiqarish va mahsulot dizayni tizimlarini ham tubdan takomillashtirish imkonini beradi. Bugungi sharoitda sanoat korxonalarining harakati tobora murakkab muhitda amalga oshirilmoqda: bozordagi talablar tez-tez o‘zgaradi, raqobatchilar soni ortmoqda, iste’molchilar mahsulot sifatiga yuqori talab qo‘ymoqda. Bunday muhitda faqat innovatsiyaga tayangan korxonalar raqobatga bardosh berishi mumkin.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.