Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 125–127-betlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK KASBINING AXLOQIY TALABLARI VA AMALIYOTDA QO’LLASH MASALALARI “O’ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA

Sodikov, Murodbek

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-037 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Auditorlik kasbi zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi, shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash orqali mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini joriy etish, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy institutlarga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini oshirish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanib kelmoqda. Auditorlik faoliyatining axloqiy talablari ushbu kasbning poydevorini tashkil etib, ularning asosiy maqsadi auditorlarning halollik, xolislik, kasbiy malaka va maxfiylik kabi prinsiplarga qat’iy rioya etishini ta’minlashdan iboratdir. Bu prinsiplarga amal qilish nafaqat rasmiy majburiyat, balki manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik, moliyaviy manipulyatsiya va noto‘g‘ri hisobot berish holatlarining oldini olishning muhim kafolatidir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.