Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 131–133-betlar
UZLUKSIZ TA’LIM DASTURINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH (XIVA SHAHAR 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB MISOLIDA)
Kuryazova, Muborak
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-039 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi globallashuv davrida inson kapitalini rivojlantirish, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash har bir mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy barqarorligi va kelajakdagi muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta’limni rivojlantirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning butun umri davomida bilim va ko‘nikmalarini yangilab borishi, kasbiy malakasini oshirishi va jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashishini ta’minlaydi. Bunday tizimning samarali ishlashi, avvalo, moliyalashtirish mexanizmlarining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.