Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 134–136-betlar
YASHIL LOYIHALARNI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB QUVVATLASH MASALALARI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)
Jabbarov, Abbos
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-040 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Dunyo miqyosida ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishi insoniyat oldiga barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi global darajada asosiy rivojlanish strategiyalaridan biriga aylangan bo‘lib, u ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda qator islohotlarni amalga oshirib, “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”ni ishlab chiqdi. Ushbu strategiya doirasida davlat tomonidan yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish, soliq imtiyozlari va subsidiyalar berish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xususiy sektorni jalb etish muhim yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.