Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 137–139-betlar

UY-JOY QURILISHNI “YASHIL” KREDITLASH BO’YICHA XALQARO TAJRIBA VA IQLIM SHAROITIGA MOSLASHISH MASALALARI

Ergashev, Ulug’bek

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i12-p1-041 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari, energiya resurslarining cheklanishi va ekologik muammolarning kuchayishi fonida turar-joy qurilishida barqarorlik va energiya tejamkorlik tamoyillariga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlariga talab keskin ortdi. Bu jarayonda “yashil” kreditlash tizimi muhim moliyaviy vosita sifatida shakllanib, xalqaro miqyosda keng qo‘llanilmoqda. “Yashil” kreditlar — bu ekologik toza, energiya samarador va uglerod chiqindilarini kamaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan imtiyozli moliya instrumentlaridir. Ular nafaqat qurilish sohasining ekologik ta’sirini kamaytiradi, balki uy-joy egalarining uzoq muddatli xarajatlarini qisqartirish, yashash sifatini oshirish va energiya mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.