Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 4–7-betlar

BUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TADBIRLARINI UTKAZISH HAMDA NATIJALARINI RASMIYASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ismailov, Xasan

DOI: 10.5281/zenodo.16958035 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirgi davrda davlat moliyasini samarali boshqarish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish va moliyaviy intizomni ta’minlash dolzarb masalalardan biri sifatida davlat e’tiborida turibdi. Shu munosabat bilan, ichki audit faoliyatini takomillashtirish, xususan, audit tadbirlarini samarali tashkil etish hamda ularning natijalarini huquqiy va metodik talablarga muvofiq ravishda rasmiylashtirish muhim masalaga aylangan. Budjet tashkilotlarida ichki audit tizimi – nafaqat moliyaviy nazoratni ta’minlovchi vosita, balki boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlovchi va risklarni kamaytiruvchi mexanizm sifatida qaralmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.