Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 8–10-betlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK KASBINING AXLOQIY TALABLARI VA ULARNING ZARURLIGI (“O’ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)

Abdullayeva, Rayxon

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i13-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasida auditorlik kasbi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari ishonchliligini baholash, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy intizomni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Auditorlik faoliyatining sifatli amalga oshirilishi uchun auditorning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalari, balki axloqiy tamoyillarga rioya qilishi ham zarur hisoblanadi. Auditorlik kasbining axloqiy talablari – bu auditorning ish jarayonida halollik, xolislik, mustaqillik, sir saqlash, professionallik va ehtiyotkorlik kabi me’yorlarga qat’iy amal qilishi bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro standartlarda aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bo‘lib, unda auditorning kasbiy faoliyatida amal qilishi shart bo‘lgan etik me’yorlar va majburiyatlar aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston auditorlari xalqaro miqyosda e’tirof etilgan Xalqaro auditorlik axloq kodeksi (IESBA Code) talablariga ham mos faoliyat yuritishlari kerak.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.