Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 42–44-betlar

TIJORAT BANKLARIDA “FOYDA SOLIQLARI “(12-SON BHXS) STANDARTINI AMALIYOTDA QO’LLASH MASALALARI

Mamasidiqov, Soxibjon

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i13-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiyot bosqichida moliya tizimi, xususan tijorat banklari faoliyatining shaffofligi, barqarorligi va xalqaro maydonda taqqoslanishi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablarga moslashtirish, investorlar va xalqaro moliya institutlari uchun ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish, bank sektorida islohotlarni chuqurlashtirish jarayoni jadal rivojlanmoqda. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) bosqichma-bosqich o‘tish bu boradagi islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqmoqda. XMHS tizimida 12-son BHXS – “Foyda solig‘i” standarti alohida o‘rin tutadi, chunki u banklar faoliyatida soliqqa tortish mexanizmlarini tartibga solish, moliyaviy natijalarni haqqoniy aks ettirish va soliq hamda buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi tafovutlarni yoritishda asosiy metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.