Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 48–50-betlar

EKSPORTNI DIVERSIFIKATSIYALASH ORQALI MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI

Jalilov, Elmurod

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i13-p1-014 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Eksportni diversifikatsiya qilish – bu mamlakatning eksport tarkibini kengaytirish va yangi mahsulotlar, xizmatlar va bozorlarni rivojlantirish orqali tashqi iqtisodiy risklarni kamaytirish jarayonidir. Ushbu jarayon, ayniqsa, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun muhim bo‘lib, eksportning barqarorligi va turli xil mahsulotlar va bozorlar orqali iqtisodiy o‘sishni ta'minlash imkonini yaratadi. Eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, valyuta kursi barqarorligini saqlash va iqtisodiy o'zgarishlarga chidamlilikni oshirish uchun zarur strategiyalardan biridir. Eksportni diversifikatsiya qilish, asosan, iqtisodiy o’sishning turli tarmoqlari va mahsulotlariga asoslangan holda tashqi savdoni kengaytirishdan iborat. Bu jarayon quyidagi tamoyillarga tayanadi. Mahsulot diversifikatsiyasi: Eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarning xilma-xilligi. Bozor diversifikatsiyasi: Eksport qilinadigan mahsulotlarni turli xil geografik hududlar va davlatlarga yo‘naltirish. Texnologik diversifikatsiya: Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali eksportni kengaytirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.