Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 14-son (2025) · 7–9-betlar
YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDAGI ISHTIROKI: HAMKORBANK ATB MISOLIDA TAHLIL
Alimov, Azizbek
DOI: 10.5281/zenodo.17066593 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Global iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi va mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyasi sharoitida moliyaviy institutlarning rivojlanishi va ulardagi moliyalashtirish mexanizmlari korxona va bank tizimining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar bank tizimlari uchun xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish, loyihalarni moliyalashtirish va investitsiya oqimlarini jalb etish barqaror rivojlanishning strategik yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB)ning moliyaviy resurslarini jalb qilish va ular yordamida loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari O‘zbekiston bank tizimi, xususan, Hamkorbank ATB faoliyati doirasida alohida e’tiborga loyiqdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.