Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 14-son (2025) · 121–123-betlar
MAHALLIY MODA BRENDLARINI ISTE’MOLCHILAR KIYINISH IMIJIGA TA’SIRINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI
Tuxtayeva, Oydinoy
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i14-p1-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Jahonning mashhur kiyim-kechak brendlari raqobatbardoshlikni saqlab qolish va o‘sishni ta’minlash uchun ko‘p qirrali strategiyalarni qo‘llamoqda. Ular barqaror moda, ekologik toza brending va kiyimlarni qayta ishlashga katta e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, elektron tijorat va onlayn savdo platformalariga investitsiyalar oshmoqda. Mijozlarni jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiylashtirilgan marketing keng qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda esa neyromarketing yondashuvlari yordamida mijozlar ongiga chuqur ta’sir qiluvchi reklama strategiyalari ishlab chiqilmoqda. Mahalliy brendlar, o'zlarining marketing strategiyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirib, iste’molchilarning kiyinish imijini shakllantirishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Masalan, Avstraliyaning Sussan brendi, o'zining marketing strategiyasini yangilab, yosh iste’molchilarga yo'naltirilgan yangi kampaniyalar orqali muvaffaqiyatga erishdi. Shuningdek, H&M brendi London Fashion Week 2025da o'zining premium kolleksiyalarini namoyish etish orqali moda sanoatidagi mavqeini mustahkamladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.