Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 15-son (2025) · 24–27-betlar
YASHIL IQTISODIYOT: EKOLOGIYA VA IQTISODIY O‘SISH UYG‘UNLIGI
Abdinabiyeva, Dildora, Kurbanov, Jasurbek
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i15-p1-008 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining ahamiyati va ularning barqaror rivojlanish jarayonidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ekologik investitsiyalar va eko-innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqilib, jahon tajribasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Maqolada O‘zbekistonda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” va uning amaliy ahamiyati yoritilgan hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik investitsiyalar, resurslardan samarali foydalanish, eko-innovatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.