Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 15-son (2025) · 28–31-betlar
XALQARO INVESTITSIYALAR VA ULARNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
Abdinabiyeva, Dildora, Kurbanov, Jasurbek
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i15-p1-009 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro investitsiyalarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Globalizatsiya sharoitida investitsiya oqimlari nafaqat moliyaviy resurslarni, balki zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv tajribasini olib kirishi bilan milliy iqtisodiyotning modernizatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Maqolada xalqaro investitsiyalarning nazariy asoslari, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi, O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tutgan o‘rni hamda mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro investitsiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va mamlakatning global bozorlar bilan integratsiyasini chuqurlashtirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bilan birga, investitsion muhitni yanada yaxshilash, huquqiy barqarorlikni mustahkamlash va innovatsion sohalarda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida ta’kidlanadi.
xalqaro investitsiyalar, iqtisodiy taraqqiyot, barqaror rivojlanish, xorijiy kapital, investitsion muhit, innovatsiya, texnologiya transferi, O‘zbekiston iqtisodiyoti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.