Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 15-son (2025) · 47–50-betlar

O’QUVCHILARDA KASBIY QIZIQISHLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Jalolova, Dilorom, Xalimjonov, Abduqunduz

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i15-p1-014 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni shakllantirish jarayonining psixologik va pedagogik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Jamiyat taraqqiyoti sharoitida o‘quvchilarning ongli kasb tanlashi, shaxsiy qiziqishlarini aniqlashi va kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirilishi dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot davomida psixologik-pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari hamda PERMA modeli asosida yondashuv qo‘llanildi. O‘quvchilarning kasbiy intilishlariga ta’sir etuvchi omillar, motivatsiya shakllanish jarayoni va o‘qituvchi-ota-ona hamkorligining ahamiyati ilmiy asosda o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol mashg‘ulotlar, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va ijobiy psixologik muhit o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shunday qilib, o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni erta bosqichdan rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki ularning shaxsiy kamoloti va ijtimoiy moslashuvchanligini ham ta’minlaydi.

Kasbiy qiziqish, psixologik-pedagogik texnologiyalar, motivatsiya, interfaol metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, PERMA modeli, ijtimoiy moslashuv, kasbiy yo‘naltirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.