Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 15–17-betlar
TIBBIYOT TA’LIMINING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA KELAJAGI: INNOVATSIYALAR DAVRI
Baratov, Nizomiddin, O'tkirov, Mirziyod, Urinboev, Jamshidjon
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i16-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tez rivojlanayotgan tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun tibbiyot ta’limini doimiy ravishda takomillashtirish zarur. An’anaviy oʻqitish usullarini zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirish bu jarayonda muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI), simulyatsion texnologiyalar va boshqa turdagi innovatsiyalr tibbiyot ta’limini qanday oʻzgartirayotgani va kelajakda qanday imkoniyatlarni ochishi muhokama qilinadi. Sun’iy intellektning oʻrni va imkoniyatlari: SI tibbiyot ta’limini individualizatsiya qilishga imkon beradi. SI asosidagi platformalar talabalarning oʻrganish uslubini tahlil qilib, ularga moslashtirilgan oʻquv materiallari va mashqlarni taklif qiladi. Diagnostika koʻnikmalarini rivojlantirishda SI yordamida virtual bemorlar yaratish va ularning diagnostika qilish qobiliyatini baholash mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.