Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 23–25-betlar
JAHON IQTISODIYOTIDA XALQARO MOLIYA MARKAZLARINING O’RNI
Qurbonov, Ulug’bek
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i16-p1-006 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi zamonaviy dunyo iqtisodiyotida moliyaviy infratuzilmaning strategik ahamiyatini oshirmoqda. Bu jarayonda xalqaro moliya markazlari alohida rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya markazlari – bu transchegaraviy moliyaviy operatsiyalar, sarmoya jalbi, valuta savdosi, bank va sug‘urta xizmatlari hamda boshqa moliyaviy vositalarning markazlashtirilgan shaklda amalga oshiriladigan hududlardir. Ular jahon moliyaviy tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, global kapital oqimlarini boshqarish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, investitsion muhitni shakllantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish kabi muhim funksiyalarni bajaradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.