Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 38–42-betlar
O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING BARQARORLIKKA QARATILGAN STRATEGIK MAQSADLARI
Tuxtayev, Bobir
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i16-p1-010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik masalasi zamonaviy xalqaro munosabatlar nazariyasi doirasida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda siyosiy barqarorlik konsepsiyasining realizm, liberalizm va konstruktivizm maktablari nuqtai nazaridan talqini, mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi omillar tizimli ravishda o‘rganilgan. Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy transformatsiya jarayonlari, etnik va diniy omillarning ta’siri, suv-energetika resurslari muammosi, Afg‘onistondagi vaziyatning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik formatlari, mintaqaviy integratsiya jarayonlari va xalqaro tashkilotlarning roli ilmiy asosda baholangan. Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo geosiyosiy raqobat maydoniga aylanishi, yirik davlatlarning mintaqadagi strategik manfaatlari va ularning barqarorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash uchun kompleks yondashuv, mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va davlatlarning ichki islohotlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo, siyosiy barqarorlik, mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro munosabatlar nazariyasi, realizm, liberalizm, konstruktivizm, geosiyosiy raqobat, mintaqaviy integratsiya, suv-energetika muammolari, Afg‘oniston omili, etnik ziddiyatlar, Orol dengizi fojiasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, transchegaraviy tahdidlar, ekstremizm va terrorizm, narkotrafik, iqtisodiy diversifikatsiya, transport kommunikatsiyalari, globallashuv ta’siri, barqaror taraqqiyot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.