Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 43–47-betlar
VIRUSLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI VA HIMOYA MEXANIZMLARI
Ziyodullayeva, Iroda
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i16-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada viruslarning inson organizmiga ta’siri, ularning biologik xususiyatlari hamda patogenlik mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Viruslar tirik organizmlar hujayralarida parazitlik qiluvchi mikroskopik zarrachalar bo‘lib, ular hujayra ichida ko‘payish orqali turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Maqolada viruslarning hujayraga kirish bosqichlari, genetik materiali yordamida organizm metabolizmiga ta’siri va immun tizim tomonidan ularni aniqlash hamda neytrallash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy virusologiyada qo‘llanilayotgan himoya vositalari — vaksinalar, antivirus preparatlar, interferonlar va immunomodulyatorlarning ahamiyati tahlil etiladi. Inson immun tizimining tug‘ma va orttirilgan himoya shakllari, ularning viruslarga qarshi javob reaktsiyasi hamda molekulyar darajadagi jarayonlari ilmiy asosda izohlanadi. Maqola viruslarning biologik faoliyatini chuqur o‘rganish orqali virusli kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish va davolashning samarali strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Virus, patogenlik, immun tizimi, himoya mexanizmi, antitanalar, interferon, vaksinatsiya, hujayra parazitligi, antivirus preparatlar, immunomodulyatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.